13:54 / 16.12.2019
0
8043

Katta miqdordagi «opiy» giyohvandlik vositasini sotayotgan shaxs qo‘lga olindi

2019 yil 12 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV JQBB bilan Andijon viloyati IIB JQB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Qorasuv shahrida giyohvand vositalarini o‘tkazish jinoyati oldi olindi. 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, fuqaro 25 yoshli A.K. umumiy og‘irligi 1 kg. 15 gr. “opiy” giyohvandlik vositasini 6.100 AQSh dollariga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan jinoyat ustida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan 2019 yil 12 dekabr kuni A.K.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (ko‘p miqdorda giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov jarayonida A.K. gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda ushbu jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, giyohvandlik vositasi manbaini aniqlash choralari ko‘rilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top