13:31 / 17.12.2019
0
7066

Joau Felish - «Golden Boy-2019» sohibi

Foto: Getty Images

«Atletiko» futbolchisi Joau Felish «Tuttosport» talqiniga ko‘ra, Yevropaning 2019 yildagi eng yaxshi yosh futbolchisiga topshiriladigan «Golden Boy-2019» sovriniga ega chiqdi.

Italiya nashri tomonidan 2003 yildan buyon, an'anaviy tarzda 21 yoshgacha bo‘lgan Yevropaning eng yaxshi yosh futbolchisiga topshiriladigan sovringa 20 yoshli portugaliyalik futbolchi munosib ko‘rildi. U so‘rovnomada «Borussiya» Dortmund klubi yarimhimoyachisi Jyeydon Sanchodan ko‘proq ovoz to‘pladi.

Ovoz berish yakunlariga ko‘ra, nomzodlar ro‘yxati:
1. Joau Felish («Atletiko»/«Benfika») – 332 ochko
2. Jyeydon Sancho («Borussiya» Dortmund) – 175
3. Kay Xaverts («Bayyer») – 75
4. Erling Holand («RB Zalsburg») – 74
5. Matteys de Ligt («Yuventus») – 71.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil ushbu sovrin «Ayaks» himoyachisi Matteys de Ligtga nasib etgandi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top