09:20 / 17.12.2019
0
5364

Toshkentda ayrim avtobuslar harakatiga o‘zgartirish kiritildi

Toshkent metropolitenining Qo‘yliq yo‘nalishida qurilish ishlari olib borilayotganligini tufayli THAY, Bektemir yo‘li, Farg‘ona yo‘li ko‘chalari kesishmasida 16 dekabrdan 20 dekabrga qadar transport harakati vaqtincha cheklanadi.

Shu munosabat bilan, 15, 81, 93-sonli avtobus yo‘nalishlari harakati to‘g‘ri yo‘nalishda “Qo‘yliq 1- mavzesi” AShBdan Qo‘yliq 1-mavzesi, THAY ko‘chalaridan “Qo‘yliq buyum bozori”dan o‘tib, birinchi burilishdan orqaga burilib olib, THAY, Qo‘yliq 1-mavzesi, Munis, Farg‘ona yo‘li ko‘chalaridan, qaytish yo‘nalishida Farg‘ona yo‘li, Munis, Qo‘yliq 1-mavzesi ko‘chalaridan “Qo‘yliq 1-mavzesi” AShBgacha harakatini davom ettiradi.

99, 110-sonli avtobus yo‘nalishlari harakati to‘g‘ri yo‘nalishda X.Boyqaro ko‘chasidan, X.Boyqaro, Bektemir yo‘li, Farg‘ona yo‘li, Munis, Qo‘yliq 1-mavzesi, THAY ko‘chalaridan “Qo‘yliq buyum bozoridan” o‘tib birinchi burilishdan orqaga burilib olib, THAY ko‘chalaridan harakatini o‘z yo‘nalishi bo‘yicha, qaytish yo‘nalishida THAYdagi “Qo‘yliq dehqon bozori” bekatidan harakatlanib “Qo‘yliq buyum bozori”dan o‘tib, birinchi burilishdan orqaga burilib olib, THAY, Qo‘yliq 1-mavzesi, Munis, Farg‘ona yo‘li, Bektemir yo‘li ko‘chalaridan harakatini o‘z yo‘nalishi bo‘yicha davom ettiradi. 

45-sonli avtobus yo‘nalishi harakatini to‘g‘ri yo‘nalishida Farg‘ona yo‘li ko‘chasidan Farg‘ona yo‘li, Munis, Qo‘yliq 1-mavzesi, THAY ko‘chalaridan “Qo‘yliq dehqon bozori” bekatigacha, qaytish yo‘nalishida THAYdan “Qo‘yliq buyum bozori”dan o‘tib, birinchi burilishdan orqaga burilib olib, THAY, Qo‘yliq 1-mavzesi, Munis, Farg‘ona yo‘li ko‘chalaridan harakatini o‘z yo‘nalishi bo‘yicha davom ettirgan holda tashkil etiladi.

13T-sonli avtobus yo‘nalishi harakatini qaytish yo‘nalishida Farg‘ona yo‘li ko‘chasidan Farg‘ona yo‘li, Bektemir yo‘li, X.Boyqaro ko‘chalaridan (THAYdagi “Qo‘yliq dehqon bozori” bekatiga kirmasdan) keyingi harakatni o‘z yo‘nalishi bo‘yicha davom ettiradi. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top