21:32 / 18.12.2019
0
12132

Bloomberg: AQSh Senati qo‘mitasi Rossiyaga qarshi sanksiyalarning yirik paketini qabul qildi

Foto: AP

AQSh Kongressi Senatining xorijiy ishlar bo‘yicha qo‘mitasi Rossiyaga qarshi sanksiyalarning yirik paketini ma'qulladi, deb xabar berdi Bloomberg agentligi.

Xabarga ko‘ra, unda xususan, AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya suveren qarziga nisbatan taqiqlar joriy etish bo‘yicha majburiyat olishi ham ko‘rsatilgan.

Senatorlar o‘tgan haftada ushbu tashabbusni ko‘rib chiqishi va ovoz berishi lozim edi.

Endi qonun loyihasi Senatning to‘liq tarkibi ko‘rib chiqishi uchun taqdim etiladi, bu yerda unga tuzatishlar kiritilishi mumkin.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top