14:01 / 18.12.2019
0
6191

Bojxonachilar Boysunda «dori» operatsiyasiga chek qo‘yishdi

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Bojxonachilar yirik partiyadagi mahsulotlarning navbatdagi noqonuniy aylanmasini fosh etishdi.

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Boysun tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Tadbir davomida, fuqaro Ya.F. boshqaruvidagi “Isuzu” yuk avtomashinasi to‘xtatilib, belgilangan tartibda tekshirildi.

Natijada, yuk avtotransport vositasida bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hech qanday hujjatlari bo‘lmagan va aksiz markalari bilan markalanmagan umumiy qiymati 101,3 million so‘mlik tamaki mahsulotlari va umumiy qiymati 435,2 million so‘mlik, xorijda ishlab chiqarilgan va sifati kafolatlanmagan dori vositalari borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top