21:14 / 18.12.2019
0
5725

IT WomenUZ tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

Foto: Kun.uz

Bugun, 18 dekabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida IT WomenUZ tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan tashkil etilgan tanlovda ishtirokchilar «Eng yaxshi mobil ilova», «Eng yaxshi veb-sayt», «Eng yaxshi dasturiy mahsulot», «AKT sohasi bo‘yicha eng yaxshi innovatsion loyiha», «Eng yaxshi elektron plakat» nominatsiyalari bo‘yicha o‘zaro bellashishdi. Tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti vakillari ham qatnashdilar. Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Bositxonova so‘zga chiqib tanlovning maqsadi xususida gapirdi.

Foto: Kun.uz

«IT WomenUZ» loyihasidan maqsad xotin-qizlarni AKT sohasiga jalb qilish, ularga mobil ilova, veb-sayt, dasturiy mahsulotlarni yaratish, kompyuter grafikasi va dizaynerlik faoliyatiga hamda dasturchi bo‘lishlariga ko‘maklashish va ularning bandligini ta'minlashdir. Loyiha joriy yilning 19 avgust kuni boshlandi va unda 160dan ziyod xotin-qizlar ishtirok etishdi. Loyihaning birinchi bosqichida Toshkent shahridagi Inha universitetida AKT yo‘nalishida xotin-qizlar malakasi oshirildi. Keyingi bosqichda xotin-qizlar guruhlarga bo‘linib, tayinlagan mentor bilan birgalikda mobil ilova, veb-sayt yaratish, dasturiy msulotlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanishdi. Bugun so‘nggi bosqichda esa ular turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlanishadi», deya uning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

ITWomenUz – loyihasining ikkinchi bosqichi yakunida 160 nafar dasturchi xotin-qizlar o‘rtasida «Eng yaxshi mobil ilova», «Eng yaxshi veb-sayt», «Eng yaxshi dasturiy mahsulot», «Eng yaxshi elektron plakat» nominatsiyalari bo‘yicha tanlov e'lon qilindi. Loyiha ishtirokchilari o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha jamoalarga bo‘linib mavzular tanlashdi. 9ta guruh veb-sayt yaratish, 15ta guruh mobil ilova yaratish, 4ta guruh dasturiy mahsulot yaratish va 10 nafar xotin-qizlar «XXI – asr ayoli» mavzusidagi elektron plakatlar yaratish bo‘yicha tanlovda ishtirok etishdi. Ekspertlar kengashi xulosasi bilan 5ta veb-sayt yaratgan, 10ta mobil ilova yaratgan, 1ta AKT bo‘yicha innovatsion loyiha, 1ta dasturiy mahsulot va 2ta elektron plakat yaratgan xotin-qizlar g‘olib deb topildi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top