21:10 / 18.12.2019
0
8591

Samsung boshqaruv raisi 18 oylik qamoq jazosiga hukm qilindi

Seul okrug sudi Samsung kompaniyasi boshqaruv raisi Li San Xunni Janubiy Koreyaning kasaba uyushmalari haqidagi qonunini buzganlik uchun 18 oylik qamoq jazosiga hukm qildi.

Samsung ushbu qaror yuzasidan hali apellyatsiya berishi mumkin. 

Li San Xun bilan birga bu ish bo‘yicha Samsung bo‘limlari va filiallarining 26 rahbari ayblanuvchi sifatida o‘tgan. Ulardan 7 nafari real qamoq jazosi olgan, qolganlariga esa shartli jazolar tayinlangan.

Li San Xun 2 yil avval kompaniya boshqaruv raisi bo‘lgunga qadar kompaniyaning moliyaviy direktori lavozimini egallagan. Ta'kidlanishicha, u qonunbuzarlikni aynan shu lavozimni egallagan vaqtda sodir etgan. 

Li San Xunga nisbatan jinoiy ish 2013 yilda kompaniyada kasaba uyushmalari faoliyatiga to‘sqinlik qiluvchi uslublar ta'riflangan hujjatlar aniqlanganda boshlangan. Ushbu ish natijada ko‘p yillik taftish va kompaniyaning o‘nlab rahbarlarining qamoqqa olinishiga olib kelgan. Biroq Li San Xunga qarshi ish isbotlar yo‘qligi sababli to‘xtatilgan.

Biroq 2018 yilda tergovchilar kompaniyaning ofislariga reydlar uyushtirgan vaqtda qo‘shimcha isbotlarni qo‘lga kiritishgan. Ular orasida Li San Xun Janubiy Koreya mehnat qonunchiligini buzish uchun kompaniyaning qolgan rahbarlari bilan til biriktirganini fosh qiluvchi dalillar topilgan.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top