23:28 / 19.12.2019
0
7188

Hindistonda minglab namoyishchilar ushlandi

Hindiston huquq-tartibot idoralari fuqarolik haqidagi qonunga qarshi namoyish o‘tkazishga taqiqni buzganlik uchun minglab odamlarni ushladi. Bu haqda BBC telekanali xabar berdi.

Norozilik namoyishlariga taqiq Dehlining bir nechta qismida, Uttar-Pradesh va Karnataka shtatlarida kiritilgan. Shunga qaramay, o‘n minglab odamlar Uttar-Pradesh, Bangalor, Haydarobod, Patni, Chandigarx, Mumbay, Dehli va boshqa shaharlar ko‘chalariga chiqishgan.

Namoyishlar 12 dekabrda fuqarolik haqidagi qonunga tuzatmalar kiritilishi sababli boshlangan. Tuzatmalarda Hindistonga qo‘shni davlatlar - Afg‘oniston, Pokiston va Bangladeshning o‘z vatanlarida tahqirlashlarga uchragan musulmon bo‘lmagan fuqarolarining Hindiston fuqaroligini olishi imkoni ko‘zda tutilgan.

Ushbu tuzatmalar hindistonlik musulmonlarning noroziligiga sabab bo‘lgan. Ular endi o‘zlari yashaydigan hududlarga millionlab bangladeshlik muhojirlar kelishidan xavotirlanishmoqda. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top