23:17 / 19.12.2019
0
15784

Putin prezidentning ketma-ket ikki marta saylanishi tamoyili bekor qilinishi mumkinligini aytdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin matbuot anjumani davomida konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish zarurati bor-yo‘qligi to‘g‘risida berilgan savolga javoban prezident hokimiyati muddatini cheklash to‘g‘risidagi moddadan «ketma-ket» degan so‘zni olib tashlashni taklif qildi.

Putin shu tarzda ikki marta saylangan sobiq prezidentning Kremlga qaytishini imkonsiz qilib qo‘yish taklifi bilan chiqdi.

Putin ketma-ket ikki marta ishlaganini, so‘ngra prezidentlikdan ketganini, keyin esa prezident lavozimiga «qaytish uchun konstitutsion huquqqa ega bo‘lganligini» aytdi.

«Chunki bu ketma-ket ikki muddat emasdi», — deb qo‘shib qo‘ydi u.

Putinning qayd etishicha, «ketma-ket» so‘zi rossiyalik ayrim siyosatshunos va jamoat arboblariga yoqmayapti.

«Buni bekor qilish mumkin edi», — deb xulosa qildi Rossiya prezidenti.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top