19:37 / 21.12.2019
0
24801
Eslatma: saylovchilar nimalarni bilishi lozim?

Ertaga - 22 dekabr kuni Oliy Majlis, shaxar va tumanlar deputatligi uchun saylovlar bo‘lib o‘tadi. Saylovlarda ovoz berishda ishtirok etadigan saylovchilar quyidagilarni bilishi lozim:

  •  ovoz berish ertalab soat 8:00 dan kechki 20:00 ga qadar davom etadi;
  •  saylovchida fuqarolik pasporti yoki yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi bo‘lishi lozim;
  •  qaysi saylov uchastkasida ovoz berish haqida ma'lumotga ega bo‘lmasangiz elections.uz/uz/site/polling-station manziliga kirib, tug‘ilgan sana va pasport raqamini kiritgan holda ertaga ovoz beradigan saylov uchastkangizni aniqlab oling;
  •  saylov byulletenini yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida saylovchining yolg‘iz o‘zi to‘ldirishi shart;
  •  ovoz berish tanlangan nomzodning familiyasi to‘g‘risida, o‘ng tomonda joylashgan bo‘sh kvadratga «➕» yoki «✔️» yoxud «✖️» belgisini qo‘yish lozim;
  •  saylov byulletenini mustaqil ravishda to‘ldirish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchi o‘z xohishiga ko‘ra yashirin ovoz berish xonasiga boshqa shaxsni taklif qilishga haqli;
  •  ovoz beruvchi to‘ldirilgan saylov byulletenini saylov qutisiga tashlaydi;
  •  buzib qo‘yilgan saylov byulleteni saylovchining iltimosiga ko‘ra yangisiga almashtirilishi mumkin.

Qo‘shimcha savollar, e'tiroz yoki shikoyatlar bo‘lsa Markaziy saylov komissiyasi Xalqaro matbuot markazining muntazam ishlab turgan umumrespublika 1197 telefon raqamiga bepul qo‘ng‘iroq qilish mumkin.

Saylovlarda ishtirok eting, o‘z kelajagingiz uchun befarq bo‘lmang!

Mavzu
Saylov-2019
2019 yilning 22 dekabrida O‘zbekiston parlamenti uchun saylovlar o‘tkaziladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top