18:40 / 21.12.2019
0
8058

Hindistonda norozilik namoyishlari sababli hukumatning shoshilinch yig‘ilishi chaqirildi

Foto: REUTERS

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi fuqarolik to‘g‘risidagi yangi qonunga qarshi boshlanib ketgan namoyish va tartibsizliklar sababli mamlakatdagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qilish uchun vazirlar mahkamasining favqulodda yig‘ilishini chaqirdi. Bu haqda Business Standard gazetasi xabar berdi.

Avvalroq Modi tartibsizliklarni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirgan va yangi qonun dindorlar huquqini poymol qilmasligini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, "qonun uzoq yillar davomida xorijda ta'qib qilingan va Hindistondan boshqa joyga qochoq sifatida borolmaydiganlar uchun mo‘ljallangan".

The Times of India gazetasining xabariga ko‘ra, Uttar-Pradesh shtatida tartibsizliklar natijasida uch kun ichida 11 kishi halok bo‘lgan, o‘nlab kishilar jarohatlangan. Lakxnau, Varanasi, Mirut, Bijnor, Sambxal, Kanpur, Firozobod shaharlarida politsiya bilan to‘qnashuvlarda ham halok bo‘lganlar bor.

15 dekabr kuni Hindiston parlamenti Pokiston, Bangladesh va Afg‘onistondan kelgan diniy ozchilik vakillariga fuqarolik berish to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qilgandi. Mamlakatda buning ortidan tartibsizliklar va ommaviy namoyishlar boshlandi. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top