23:54 / 21.12.2019
0
11096

Messi to‘qqizinchi marta yiliga 50ta gol urdi

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi La Liga doirasidagi «Alaves»ga (4:1) qarshi o‘yinda raqib darvozasini ishg‘ol etdi.

Natijada, 32 yoshli argentinalikning 2019 yilda urgan gollari soni 50taga yetdi. Leo bunday marrani qatorasiga 6-marta, 10 yil ichida esa 9-marta zabt etmoqda. Avvalroq hujumchi 2010, 2011, 2012, 2014, 2015, 2016, 2017 va 2018 yillarda kamida 50ta gol urgan edi.

Messi 2003 yildan beri «Barselona» sharafini himoya qilmoqda. Bu mavsumda u La Liga doirasida 13ta o‘yinda maydonga tushib, 13ta gol urgan va 6ta golga hammualliflik qilgan.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top