18:35 / 22.12.2019
1
6783

Saylovda davomat 70 foizga yaqinlashdi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar saylovi bo‘yicha O‘zbekistondagi uchastkalarda soat 18:20 holatiga ko‘ra 68,7 foiz saylovchilar ovoz berib bo‘ldi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi xabar berdi.

Saylov boshlanganidan 10 soat o‘tib, ro‘yxatga olingan jami 18 million 797 ming 810 nafar saylovchidan 12 million 922 ming 429 nafari ovoz berib ulgurgan.

Eng yuqori ishtirok hozircha Qoraqalpog‘istonda kuzatilmoqda, u yerda 73,1 foiz saylovchi ovoz berib bo‘lgan. Eng past ko‘rsatkich esa Toshkent shahrida - 57,3 foiz.

Saylovchilar uchastkalarga kelishda davom etmoqda. Saylov 20:00 ga qadar davom etadi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top