09:04 / 23.12.2019
0
11360
Dala hovlidan katta miqdorda giyohvandlik moddasi topildi
Foto: postda.uz

Toshkent viloyati Angren shahar IIB JQB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Postda.uz yozmoqda.

Tezkor tadbir davomida shahardagi dala hovlida yashovchi fuqaro S.N.ning uyi tekshirildi. Tekshiruv paytida dala hovlining yotoqxonasidan 3 kilogramm 467 gramm marixuana giyohvandlik moddasi topildi.

Giyohvandlik moddasi tegishli tartibda ashyoviy dalil sifatida olingan.

Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top