15:42 / 23.12.2019
1
26930

Shomurodovning transfer narxi yana oshdi – u «Rostov»ning eng qimmatbaho futbolchisi

Foto: KUN.UZ

Transfermarkt portali 2019 yil yakunlariga ko‘ra futbolchilarning yangi transfer narxini baholadi.

Unga ko‘ra, nashr mutaxassislari «Rostov» klubining o‘zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodovning transfer narxini 6,5 million yevroga baholagan. 24 yoshli futbolchining bahosi sentyabrda 2,5 million yevro edi, bu safar esa 4 million yevroga qimmatladi.

Natijada Eldor Shomurodov «Rostov» klubining eng qimmatbaho futbolchisi bo‘lib turgan Roman Yeremenkodan (4 mln. yevro) o‘tib ketdi.

Keyingi o‘rinlarda «Rostov»ning yana ikki futbolchisi – Matias Normann (6 million yevro) va Aleksey Ionov (4,5 million yevro) joy olgan.

 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top