00:15 / 23.12.2019
0
9728
«Latsio» «Yuventus»ni mag‘lub etib, Italiya Superkubogini qo‘lga kiritdi

Saudiya Arabistonida Italiya Superkubogi o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda A Seriya chempioni «Yuventus» Italiya Kubogi sohibi «Latsio»ga qarshi bahs yuritib, 1:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Eslatib o‘tamiz, 2 hafta avval «Latsio» chempionat doirasida ham «Yuventus»ni xuddi shu hisobda mag‘lub etishga erishgandi.

Italiya Superkubogi
Yuventus – Latsio 1:3
22 dekabr, «King Saud Stedium»

Gollar: Dibala (45) – Luis Alberto (16), Lulich (73), Kataldi (90+4).
Yuventus: Shesni, De Shilo (Kuadrado, 55), Bonuchchi, Demiral, Sandro, Bentankur, Pyanich, Matyuidi (Duglas Kosta, 76), Dibala, Ronaldu, Iguain (Remzi, 66).
Latsio: Strakosha, Radu, Acherbi, Felipe Luis, Lulich, Luis Alberto (Parolo, 66), Leyva (Kataldi, 64), Milinkovich-Savich, Lazzari, Korreya, Immobile (Kaysedo, 82).
Ogohlantirishlar: Matyuidi (9), Leyva (34), Bentankur (48), Luis Alberto (58).
Chetlatish: Bentankur (90+3).

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top