11:00 / 23.12.2019
32974
Reklama

Nosozlik bo‘lganini sezmay ham qolasiz! John Deere – qishloq xo‘jaligi uchun maqbul texnika

Foto: John Deere

John Deere nafaqat AQShda, balki butun dunyo bo‘yicha qishloq xo‘jaligi uchun kerakli texnikalarni ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi kompaniya hisoblanadi. Sifat nuqtai nazaridan allaqachon mijozlar ishonchini oqlashga ulgurgan kompaniya iqtisodiyotining asosiy richaglaridan biri qishloq xo‘jaligi bo‘lgan O‘zbekistonda ham samarali faoliyat olib bormoqda.

Sifat va halollikka qurilgan poydevor

1837 yilda o‘zining dastlabki faoliyatini boshlagan kompaniyaning nomi oddiy temirchi Jon Dir bilan bog‘liq. Ixtirochilikni ham o‘ziga yuqtirgan temirchi Jon silliqlangan temirdan o‘zining birinchi plugini yasaydi. Bu fermerlikni rivojlantirishga astoydil bel bog‘lgan Jonning Illinoys shtatida John Deere kompaniyasi faoliyati uchun qo‘ygan birinchi tamal toshi edi. Faoliyatining avvalidanoq temirchi halollik, sifat, ishga sadoqat va innovatsiyani o‘zi uchun asosiy prinsip sifatida belgilab olgan. Bir asrdan ortiq tarixga ega kompaniya hanuzgacha shu prinsiplardan og‘ishmay faoliyat yuritib kelmoqda.

Qisqa muddat, samarali natija

Kompaniya 2017 yilda O‘zbekistonga o‘zining qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan kirib keldi. Oradan qisqa muddat o‘tganiga qaramay, sohadagi talab yuqori bo‘lgan sub'yektga aylanib ulgurgan.

2017 yilda Surxondaryo viloyatidagi xususiy fermer xo‘jaligiga turli quvvatdagi traktorlarni yetkazib berishdan o‘z ishini boshlagan John Deere hozirda 800dan ortiq texnikasini olib kirgan. Turli quvvatdagi traktorlar, yem o‘ruvchi va don yig‘uvchi kombaynlar, o‘ziyurar purkovichlar, tirkama aravalar qishloq xo‘jaligida unumdor ish muhitini yaratish uchun xizmat qila boshladi.

2018 yilda John Deere turli ixtisoslikdagi fermerchilik klasterlarini kerakli texnika bilan ta'minlay boshladi. Donchilik, yemchilik, sabzavotchilik, mevachilik, chorvadorlik, paxtachilik – barcha yo‘nalishlar uchun qulay bo‘lgan traktor va kombaynlar fermerlarning mushkulini oson qildi.

O‘tgan 2019 yil ham kompaniyaning O‘zbekistondagi rasmiy dilleri uchun mahsuldor bo‘ldi. Turli quvvatdagi traktorlar, yem va paxta teruvchi kombaynlar, pluglar, o‘g‘it purkovchi mashinalar mijozlarga yetkazib berildi.

2019 yilning eng ahamiyatli voqealaridan biri, Toshkent davlat agrar instituti hamda Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash institutida John Deere o‘zining o‘quv xonalarini tashkil etdi. Oliygohlar bilan tuzilgan memorandumga asosan, mazkur o‘quv xonalarida qishloq xo‘jaligi bo‘yicha katta tajriba va bilimga ega bo‘lgan xorijiy ekspertlar, xalqaro mutaxassislar jalb etilib, qiziqqan talabalar uchun o‘quv seminarlarini o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi. Bu orqali John Deere qishloq xo‘jaligi uchun malakali kadrlar tayyorlash jarayonida ham faol ishtirok etmoqda.

Kompaniya mijozlarga maksimal qulaylik yaratish maqsadida Toshkentda o‘zining servis omborxonasini tashkil etgan. Unda texnikalarga sifatli xizmat ko‘rsatish uchun kerakli bo‘lgan original zaxira qismlar va moylash uchun mo‘ljallangan materiallar mavjud. Xizmat ko‘rsatish markazida mijozlarga kerakli paytda zaruriy xizmat malakali mutaxassislar tomonidan ko‘rsatiladi. Bahco brendining texnik uskunalari bilan jihozlangan maxsus avtomashina ham mijozlarga qulaylik yaratish, texnikalarda nosozlik holatlarini qisqa muddatda bartaraf etish uchun shay.

John Deere bilan hamkorlik qiluvchi fermer xo‘jaliklari kompaniya mahsulotlarining ish unumdorligiga ta'siri, xizmatning operativligini e'tirof etishadi.

“John Deere’ning qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan mashinalari kamxarjligi va ish unumdorligining yuqoriligi bilan ajralib turadi. Texnikani sun'iy yo‘ldosh orqali boshqarish imkoniyatining mavjudligi uni doim nazorat qilish, qancha xarajat ketayotganini hisoblab borish imkonini beradi.

Mabodo mashinada qandaydir nosozlik ro‘y bersa, buni sezmay ham qolasiz. Kompaniya xodimlari xizmat ko‘rsatish markazida sun'iy yo‘ldosh orqali ularni doimiy kuzatib borishadi, kichik nosozlik kuzatilganda ham kunning qaysi vaqti bo‘lishidan qat'iy nazar yetib kelib, kerakli xizmatni ko‘rsatishadi. Kutishga hojat ham yo‘q. Malakali, oliy ma'lumotli mexaniklar o‘z ishining ko‘zini biladi. Biz shuning uchun ham doim John Deere bilan hamkorlik qilib kelamiz”, – deydi Khantex agrofirmasi mexanigi O‘tkirbek Yo‘ldoshev. 

2020 yil: yana ham ko‘proq rejalar

2019 yil aprel oyidagi “Agrar sektorni qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan o‘z vaqtida ta'minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoniga asosan bu borada salmoqli ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent viloyatlarida fermer xo‘jaliklari uchun paxta teruvchi mashinalarga xizmat ko‘rsatish xarajatlarining 30 foizini ko‘tarish belgilangan. “O‘zto‘qimachisanoat” uyushmasi bilan hamkorlik memorandumi tuzilgan bo‘lib, unga ko‘ra, O‘zbekistonga yirik partiyada qishloq xo‘jaligi texnikasini, xususan, paxta terish mashinalari va traktorlarni yetkazish ko‘zda tutilmoqda.

Yangi tatbiq etilayotgan klaster tizimi fermer xo‘jaliklari va to‘qimachilik sohasidagi tadbirkorlik sub'yektlari o‘rtasida bozor munosabatlarining shakllanishiga yordam beradi, paxta xomashyosi hajmini oshirish imkonini beradi. Bu ijobiy o‘zgarishlarda John Deere kompaniyasi ham o‘zining sifatli va unumdorlik ko‘rsatkichlariga ega texnikalari bilan faol ishtirok etishda davom etmoqda.

Reklama huquqi asosida

Top