14:30 / 24.12.2019
1
8384
«Brend» avtoraqamlar budjetga qariyb 300 mlrd so‘m foyda olib keldi

Bugun, 24 dekabr kuni, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatida amalga oshirilayotgan islohotlar» mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Azizbek Ikramov avtoraqamlarni oshirilgan narxda sotish amaliyoti haqida axborot berdi va bundan davlat budjetiga tushgan mablag‘ni oshkor etdi.

«Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 31 avgustdagi «Avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularga ro‘yxatdan o‘tkazish davlat davlat raqami belgilarini berish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida» gi qarori kuchga kirdi. Unga ko‘ra, 2017 yil sentyabrdan boshlab avtomobillar uchun davlat raqami belgilarini oshirilgan to‘lov stavkasi bo‘yicha birja orqali sotish tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Joriy yilning 1 dekabridan bugungi kungacha auksionga qo‘yilgan 91 ming 776 juft davlat raqami belgilaridan 58 ming 610 jufti sotilgan bo‘lib, davlat budjetiga qariyb 300 mlrd so‘m mablag‘ tushgan va uning 20 foizi Ichki ishlar vazirligi hisobiga yo‘naltirildi», deya uning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top