16:40 / 24.12.2019
0
16737

Meyvezer o‘n yillikning eng ko‘p haq to‘langan sportchisi, Ronaldu va Messi 2-3-o‘rinlarda

Foto: Getty Images

«Forbes» jurnali 2010-2019 yillar davomida eng ko‘p haq to‘langan sportchilari ro‘yxatini e'lon qildi.

Unga ko‘ra, eng serdaromad sportchilar ro‘yxatini 915 million dollar daromad bilan bokschi Floyd Meyvezer boshqargan. Ikkinchi o‘rinni «Yuventus» forvardi Krishtianu Ronaldu egalladi. Portugaliyalikning ushbu davr ichidagi daromadi 800 million dollarni tashkil etgan. Uchinchi o‘rindan joy olgan «Barselona» yetakchisi Lionel Messi esa bu oraliqda 750 million dollar ishlab topgan.

Reytingda sportchilarning maoshi, mukofot pullari, bonuslar hamda imij huquqlarining foydalanishdan olingan reklama daromadi hisobga olingan.

Reytingning top-10dan joy olgan sportchilar:

1. Floyd Meyvezer (boks) – 950 mln

2. Krishtianu Ronaldu (futbol) – 800 mln

3. Lionel Messi (futbol) – 750 mln

4. Lebron Jyeyms (basketbol) – 680 mln

5. Rojyer Federer (tennis) – 640 mln

6. Tayger Vuds (golf) – 615 mln

7. Fil Mikelson (golf) – 480 mln

8. Menni Pakyao (boks) – 435 mln

9. Kevin Dyurent (basketbol) – 425 mln

10. Lyuis Xemilton («Formula-1») – 400 mln dollarov

Ma'lumot uchun, top-40likka faqatgina bir nafar ayol sportchi – tennischi Serena Uilyams 215 million dollar daromad bilan joy oldi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top