18:00 / 24.12.2019
1
3419
Tribuna.uz kolumnisti Qahramon Aslanov – yilning eng yaxshi futbol jurnalisti
Foto: Tribuna.uz

Bugun, 24 dekabr kuni Toshkentdagi «Zarafshon» zalida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi yillik hisobot konressi bo‘lib o‘tmoqda.

Tribuna.uz va Kun.uz cayti jurnalisti hamda kolumnisti Qahramon Aslanov O‘FA tomonidan 2019 yilning eng yaxshi futbol jurnalisti deb topildi.

Qahramon Aslanov yillar davomida o‘zbek va jahon futboliga oid chiqishlari, tahliliy maqolalari bilan o‘zbekistonlik muxlis va mutaxassislar e'tirofiga sazovor bo‘lib kelayotgandi.

Ushbu e'tirof bilan sayt ijodkorlari va muxlislari nomidan Qahramon Aslanovni tabriklab, ijodiy zafarlar tilab qolamiz.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top