01:10 / 24.12.2019
0
27137

Ukraina Putinning Qrimga tashrifiga norozilik bildirdi

Foto: RIA "Novosti"

Ukraina tashqi ishlar vazirligi Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Qrimga temir yo‘l ochilishi munosabati bilan tashrif buyurganiga qarshi chiqdi. Bu haqda vazirlik saytida ma'lum qilingan. 

Vazirlik ma'lumotlariga ko‘ra, Ukraina Putinning Qrimga tashrifi kelishilmagani sababli norozilik bildirmoqda.

Shuningdek, Ukraina Rossiya Qrimda Kiyevning roziligisiz va halqaro me'yorlarni qo‘pol buzgan holda ko‘prik qurganini aytgan. 

23 dekabrda Putin va Qrim rahbari Sergey Aksenov Qrim ko‘prigi bo‘ylab Kerchdan Tamangacha poyezdda yo‘l olishgan. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top