15:03 / 25.12.2019
6
25730

Bosh prokuror: 277 mingta holatda gips qilish uchun tibbiyot gipsi o‘rniga 351 tonna qurilish gipsidan foydalanilgan 

Foto: Dreamstime

Bosh prokuraturada sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida korrupsiya holatlari hamda ularni keltirib chiqarayotgan shart-sharoitlarni muhokama qilishga bag‘ishlangan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda respublika bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev ma'ruza qildi.

«E'tiboringizni, yana bir masala – tibbiyot gipsidan foydalanish ahvoliga qaratmoqchiman. Ma'lumki, inson suyaklarining sinishini davolashda tibbiyot gipsidan foydalaniladi.

O‘rganishlar, tibbiyot muassasalarida qonun talablari buzilib, so‘nggi ikki yilda 277 mingta holatda gips qilish uchun tibbiyot gipsi o‘rniga 351 tonna qurilish gipsidan foydalanilganligini ko‘rsatdi. Xususan, Farg‘onada 30, Buxoroda 33, Toshkent viloyatida 35, Namanganda 36, Qashqadaryoda 38, Samarqandda 43 va Toshkent shahrida 48 tonna qurilish gipsidan foydalanilgan.

Qurilish gipsini qo‘llash, o‘z vaqtida, bemorlarda jarohat olgan suyakning siljishi, gips qo‘yilgan soha terisining shilinishi, teri allergiyasi kabi salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi.

Shunday bo‘lsa-da, respublikada tibbiy gips ishlab chiqaruvchi bironta korxona tashkil etilmagan, vazirlik esa, bunday tashabbus bilan chiqmagan», - dedi Nig‘matilla Yo‘ldoshev. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top