02:27 / 25.12.2019
0
35582

Lukashenko Rossiyani Belarus tarkibiga qo‘shishni taklif qildi

Foto: RIA "Novosti"

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiyani Belarus tarkibiga qo‘shishni hazilona tarzda taklif qildi. U bu taklifni “Exo Moskvy” radiostansiyasi bosh muharriri Aleksey Venediktovga intervyusida bildirdi.

Intervyuda ittifoqdosh davlat formati masalasi muhokama qilinishi vaqtida Lukashenko Rossiyaning Belarus tarkibiga kirishini taklif qilgan, bunday birlashuvga rossiyaliklar ham, Belarus muxolifati ham qarshi bo‘lmasligini aytgan.

“Rossiyada ham, Belarusda ham yagona davlat borasida qabul qilinadigan eng sodda variant: siz [Rossiya] Belarus tarkibiga kirasiz. Rossiyaliklar yoki bunga qarshi bo‘ladimi? Yo‘q. Bunga qarshi chiquvchi belaruslar ham yo‘q deyishmaydi. Eshiting: Rossiya Belarus tarkibiga kiradi”, deb aytgan Lukashenko kulib.

“Sizlardan ba'zilaringiz bizni Rossiya tarkibiga taklif qilasiz-u, nima uchun o‘zingiz shunday variantni [Rossiya Belarus tarkibiga kirishini] ko‘rib chiqmaysiz?”, deb davom etgan Lukashenko

Ta'kidlanishicha, bu Belarus prezidentining birinchi marta shunday deyishi emas. Lukashenko mart oyida jamoatchilik va OAV vakillari bilan uchrashuvda Belarusning biror boshqa davlat tarkibiga qo‘shilishi haqida gaplar yurganini aytgan.    

“Mana normal variant sizga – keling, Belarus tarkibiga Rossiyani qo‘shamiz”, deb aytgan Lukashenko va rossiyaliklar bunday qarorga qarshi chiqmasligini ta'kidlab o‘tgan. 

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top