21:35 / 26.12.2019
0
5228

Alibaba Osiyo-Tinch okeani mintaqasining eng qimmatbaho kompaniyasi bo‘ldi 

Foto: Getty Images

Alibaba 2019 yilda Osiyo-Tinch okeani mintaqasining eng qimmatbaho kompaniyasi bo‘ldi. Uning kapitallashuvi 570 mlrd dollargacha o‘sgan. Bu haqda The Nikkei Asian Review nashri ma'lum qildi.

Xitoy kompaniyasi qimmatbaholigi bo‘yicha Saudi Aramco, Apple, Microsoft, Alphabet, Amazon va Facebook’dan keyin dunyoning 7-raqamli kompaniyasiga aylandi.

The Nikkei Asian Review Osiyo kompaniyalarining 20 dekabr holatiga ko‘ra dollardagi qiymatini taqqoslagan. Tahlilga ko‘ra, Alibaba’ning qiymati bir yil ichida 60 foizga oshgan. 2-o‘rinni Xitoyning yana bir kompaniyasi – Tencent internet-xoldingi egalladi. Ushbu kompaniya 2018 yil yetakchisi bo‘lgan, ammo joriy yilda uning kapitallashuvi o‘sishi Alibaba’nikidan ancha kamroqni - 20 foizni tashkil qilgan. Kompaniyaning joriy bozor narxi 459 mlrd dollarni tashkil qiladi.  

“Xitoyda real daromadning oshishi, ko‘plab shaharlar rivojlanayotgani Alibaba’ning aksiyalariga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi”, deb aytgan EqualOcean konsalting kompaniyasi tahlilchisi Ivan Platonov. 

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top