17:40 / 26.12.2019
0
3456
DXX Andijonda psixofaol dori vositalari muomalasiga chek qo‘ydi
Illyustrativ foto

Davlat xavfsizlik xizmati Andijon viloyati boshqarmasi xodimlarining viloyat bojxona boshqarmasi xodimlarini jalb qilgan holda o‘tkazgan tezkor tadbiri davomida “Farg‘ona-Andijon” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib kelayotgan “Spark” rusumli avtomashina Oltinko‘l tumani hududida to‘xtatildi.

Andijon shahrida tug‘ilgan 36 yoshli ayol Yu.O. boshqaruvidagi avtomobil ko‘zdan kechirilganda, uning salon qismida 2800 dona “Lirika” va 1400 dona “Regapen” psixofaol dori vositalari borligi aniqlandi hamda o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirib olindi.

Aniqlanishicha, Qo‘qon shahridan olib kelinayotgan ushbu dori vositalari Andijon shahrida sotilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, tergovoldi surishtiruv ishlari jarayonida Yu.O.ning Andijon shahridagi yashash manzilidan sotish maqsadida saqlab kelinayotgan 616 dona «Lirika» dori vositasi ham ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atish rejalashtirilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top