00:13 / 26.12.2019
0
46514

Jeenbekov Atamboyev haqida: «Uning taqdiriga befarq emasman»

Foto: Reuters

Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov 2019 yil yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida sobiq prezident va partiyadoshi Almazbek Atamboyevning hibsga olinishiga to‘xtalib o‘tdi.     

Jeenbekovning ta'kidlashicha, u Asqar Akayev va Kurmanbek Bakiyev tuzumiga qarshi chiqqan sobiq partiyadoshining kelgusi taqdiriga befarq emas.

“Bu oson emas. Men prezident bo‘lgach uning hamlalariga munosabat bildirmadim. Men uchun davlatning butligi muhimroqdir. O‘zingiz baho bering. Davlatni parchalashga, hokimiyatni egallashga chaqiriqlar bo‘lgandi. Men uning o‘zi to‘xtatishini kutdim. Biroq Atamboyev hammani jar yoqasiga boshladi. Endi hammasini qonun hal qiladi. Bu masala mening vakolatimga kirmaydi. Biz barchasini ikkimiz hal qilishimiz mumkin bo‘lgan chegaradan o‘tib bo‘lindi”, deb aytgan Qirg‘iziston prezidenti.

Jeenbekovning ta'kidlashicha, u bir guruh odamlarning emas, Qirg‘iziston xalqining manfaatlarini himoya qiladi. U Xudodan qo‘rqishini va halol ishlashga harakat qilishini qo‘shimcha qilgan.

Hozirda Atamboyev bir nechta ayblovlar bo‘yicha tergov izolyatorida saqlanmoqda.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top