16:16 / 26.12.2019
1
67029

Moskva - Toshkent samolyoti bortida O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi

Foto: RIA Novosti

Bugun Moskva-Toshkent samolyotining «Vnukovo» aeroportiga qaytishiga sababchi bo‘lgan yo‘lovchi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda «MK»ga huquq-tartibot idoralaridagi manba xabar qildi.

Kun.uz tahririyatining milliy aviakompaniyadan ushbu holat yuzasidan rasmiy izoh olishga bo‘lgan urinishi behuda ketdi.

«Tungi soat 1larda «Vnukovo»dan O‘zbekiston poytaxtiga parvoz qilgan 602-reys yo‘nalishini o‘zgartirishi va samolyot ortga qaytishi haqida xabar kelib tushdi. Yo‘lovchilardan biri, 50 yoshli O‘zbekiston fuqarosi o‘zini yomon his qilgan. Soat 1:10da samolyot qo‘ndi, ammo shifokorlar erkak yo‘lovchining hayotini saqlab qola olishmagan», - deyiladi xabarda.

Avvalroq, Uzbekistan Airways’ning Telegramdagi kanalida ushbu reys kechiktirilgani haqida xabar berilgan edi:

«Ma'lum qilamizki, Uzbekistan Airways’ning HY-602 (Moskva - Toshkent) qatnovi komandiri, yo‘lovchilardan birining salomatligi yomonlashgani sababli, Vnukovo aeroportiga qaytishga qaror qildi. Samolyot soat 01:10da qo‘ndi, yo‘lovchiga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Yo‘nalish bo‘yicha takroriy parvoz Moskva vaqti bo‘yicha soat 03:30da rejalashtirildi. Toshkentga qo‘nish - soat 09:00da (mahalliy vaqt bo‘yicha) rejalashtirilmoqda».

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top