00:52 / 26.12.2019
2
17076

Samarqandda katta miqdorda pirotexnika vositalari aniqlandi

Samarqand shahar Motrid qo‘rg‘onida katta miqdorda pirotexnika vositalari aniqlandi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

25 dekabr kuni Samarqand viloyat IIB, Samarqand shahar IIB va DXX xodimlari hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirda Samarqand shahar Motrid qo‘rg‘onidagi uyda katta miqdorda pirotexnika vositalari saqlanayotgani aniqlandi. Fuqaro uyining yetro‘la va tom qismida 62 turdagi pirotexnika vositalarini saqlab kelgan.

Taxminan 300 million so‘mga baholanayotgan katta miqdordagi pirotexnika vositalari qachon, qanday qilib olib kelingani aniq emas. Aniqlangan portlovchi moddalar orasida 428 dona «Zolotoy pesok», 290 dona «Mikki maus», 96 quti «King», 6 quti X050 kabi vositalar bo‘lgan.

Kun.uz voqea joyidan reportaj tayyorladi va rasmiylar aniqlangan pirotexnika vositalari sud qaroridan so‘ng yo‘q qilinishini aytishdi. Bu qadar katta miqdordagi pirotexnika vositalari qachon, qanday qilib Samarqandga kelib qolgani ham tergov jarayonida aniqlanishi aytildi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top