17:20 / 26.12.2019
0
18034

Sport bo‘yicha yilning eng yaxshilari taqdirlandi. Ular orasida Shomurodov, Jalolov va Chusovitina ham bor (fotoreportaj)

26 dekabr kuni Toshkentdagi «Navro‘z» tantanalar saroyida yil yakunlariga bag‘ishlangan «Milliy sport mukofoti – 2019» tadbiri bo‘lib o‘tdi. 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan kechada 19ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar e'lon qilindi va taqdirlandi.

Jumladan, «Yilning eng yaxshi erkak sportchisi» deb bokschi Bahodir Jalolov, «Xalqaro maydonlarda o‘zbek sportini targ‘ib qilgani uchun» «Rostov» futbolchisi Eldor Shomurodov, «Sport sohasidagi ko‘p yillik xizmatlari uchun» Oksana Chusovitina e'tirof etildi. «Yilning eng yaxshi terma jamoasi» sifatida esa Yekaterinburgda o‘tkazilgan boks bo‘yicha jahon chempionatida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston boks milliy terma  jamoasi tan olindi.

Quyida barcha nominatsiyalar g‘oliblari bilan tanishishingiz mumkin.

Yilning eng yaxshi terma jamoasi – Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi;

Yilning eng yaxshi federatsiyasi – O‘zbekiston Paralimpiya Milliy assotsiatsiyasi;

Sport sohasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun – «Qizilqum-sement» AJ;

Yil kashfiyoti – O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi;

Yilning eng yaxshi sport loyihasi – «Humo-Arena» ko‘ptarmoqli muz saroyi;

Eng faol sport targ‘ibotchisi – Hilola Isakova («MY5» telekanali muxbiri);

Yilning eng yaxshi sport jurnalisti – Zohid Karimov («Sport» TV);

Yilning eng yaxshi sport shifokori – Sunnatilla Yo‘lchiyev (RSTIAM sport tibbiyoti bo‘lim boshlig‘i, travmatolog);

Xalqaro maydonlarda o‘zbek sportini targ‘ib qilgani uchun – Eldor Shomurodov (futbol);

Yilning eng yaxshi paralimpiyachisi – Timur G‘iyosov (yengil atletika);

Yilning eng yaxshi murabbiyi – Ravshan Ro‘ziqulov (Yunon-rum kurashi);

Yilning eng yaxshi yosh va istiqbolli sportchisi - Zaynab Dayibekova – (qilichbozlik);

Yilning eng yaxshi hakami – Tohir G‘ulomov (sport kurashlari bo‘yicha xalqaro toifadagi hakam);

Yilning eng yaxshi ayol sportchisi – Dilnoza Rahmatova (baydarka va kanoe)

Yilning eng yaxshi erkak sportchisi – Bahodir Jalolov (boks);

Sport sohasidagi ko‘p yillik xizmatlari uchun – Oksana Chusovitina (yengil atletika).

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top