15:30 / 26.12.2019
0
7328
Yog‘ mahsulotlarini zavod devori teshigi orqali tashqariga olib chiqib ketgan shaxslar ushlandi
Foto: Getty Images

Kech soat 20:00larda «Kogon yog‘-ekstraksiya zavodi» AJga devor ustidan ikki sharpa oshib o‘tib, g‘ayriqonuniy ravishda korxonaga kiradi. So‘ng yog‘ mahsulotlari saqlanayotgan ombordan 1500 dona yelim idishga qadoqlanib solingan, jami 12 million 375 ming so‘mlik yog‘ mahsulotlarini o‘g‘irlab, voqea joyidan yashirinishadi.

Postda.uz'ning xabar berishicha, tezkor-surishtiruv ishlari natijasida jinoyatchilar qo‘lga olindi.

Ma'lum bo‘lishicha, shu zavodning o‘zida ishlovchi «shovvozlar» M.S., B.N. va X.A. oldindan tayyorlab qo‘yilgan devor teshigi orqali yog‘ mahsulotlarini tashqariga olib chiqib, «Jiguli» rusumli avtomashinasida olib ketishadi.

O‘g‘irlangan yog‘ mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olindi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top