23:55 / 27.12.2019
0
9564

Atamboyevning maslahatchisi odamlarni garovga olishda ayblandi 

Foto: 24.kg

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevning maslahatchisi Qunduz Joldubayeva Qo‘y-Toshdagi voqealar vaqtida odamlarni garovga olishda ayblandi. Bu haqda uning advokati Zamir Jooshev ma'lum qildi. 

Jooshevning ta'kidlashicha, shunday ayblovlar Atamboyevning yana bir tarafdori – sobiq deputat Meerbek Miskenbayevga ham bildirilgan.

Advokatning aytishicha, Bishkek tuman sudi Joldubayeva va Miskenbayevga qanday ehtiyot chorasi ko‘rilishini hal qiladi.

Qirg‘iziston maxsus xizmatlari 7-8 avgust kunlari Atamboyevning uyi joylashgan Qo‘y-Tosh qishlog‘ida uni qo‘lga olish bo‘yicha amaliyot o‘tkazgandi. Amaliyot davomida maxsus xizmatlar xodimlari Atamboyevning tarafdorlariga qarshi maxsus vositalar qo‘llashgan. Sobiq prezidentning tarafdorlari bunga javoban o‘t ochishgan. Atamboyev tarafdorlari, shuningdek, 6 jangchini garovga olishgan. Natijada bir kunga yaqin davom etgan to‘qnashuvlardan keyin Atamboyev taslim bo‘lishga qaror qilgan. Voqea vaqtida 136 kishi jabrlangan, bir jangchi halok bo‘lgan. 

Ayni vaqtda Atamboyev bir nechta ayblovlar bo‘yicha hibsda ushlab turilibdi. 

 

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top