15:17 / 27.12.2019
0
13630

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Xitoydagi vakolatxonasida ishlovchilar qancha maosh olishi ma'lum bo‘ldi

Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Xitoy Xalq Respublikasidagi Vakolatxonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Quyidagilar Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Pekin shahrida tashkil etilgan vakolatxonasi faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari etib belgilandi:

oliy darajadagi tashriflar yakunlari bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ga kiritilgan XXR bilan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy- texnik hamkorlik sohasidagi aniq loyihalar va dasturlar amalga oshirilishini va samarali monitoring olib borilishini ta'minlash;

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti tarmoqlari va infratuzilmasini rivojlantirish hamda modernizatsiya qilishga xorijiy investitsiyalar, shu jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar, ilg‘or texnologiyalar va moliyaviy-texnik ko‘mak dasturlari, XXRning investitsiya fondlari va moliya institutlari jalb etilishini ta'minlash, shuningdek, ular samarali o‘zlashtirilishiga ko‘maklashish;

O‘zbekiston Respublikasi tadbirkorlik sub'yektlarining mahsulotlari va xizmatlari XXR bozoriga olib kirilishini tashkil etish hisobiga mahalliy tovarlar va xizmatlar eksporti hajmlarini oshirish, o‘zaro tovar aylanmasi nomenklaturasini kengaytirishga ko‘maklashish;

XXR provinsiyalari ma'muriyatlari va tashkilotlari bilan O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi organlari va tashkilotlarining hamkorligini yo‘lga qo‘yishni tizimli tashkil etish;

salohiyatli investorlarni izlashda uzoq muddatli sheriklik aloqalarini o‘rnatish, savdo va investitsiya shartnomalarini tuzish, ishbilarmon doiralar ishtirokida muzokaralar va boshqa tadbirlarni tashkil etish, qo‘shma korxonalar tashkil etish va tadbirkorlikning boshqa shakllarini rivojlantirish, shuningdek, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun loyiha takliflari va boshqa zarur materiallarni tayyorlashda tadbirkorlik sub'yektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash;

tashqi savdo infratuzilmasini rivojlantirish, tranzit salohiyatini oshirish, logistika va transport yo‘laklarini takomillashtirish, eksport yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilish, O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo yuklarini tashish va tranzit qilish uchun imtiyozli rejimlarni qo‘llash bo‘yicha ta'sirchan choralar ko‘rish.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Vakolatxona faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilandi.

Belgilanishicha:

Vakolatxona O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga hisobot beradi va o‘z faoliyatini vazirning umumiy rahbarligi ostida amalga oshiradi;

Vakolatxonaga O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi;

Vakolatxona direktori o‘z darajasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining XXRdagi elchixonasi maslahatchisi lavozimiga tenglashtiriladi va o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalari bilan yaqin hamkorlikda amalga oshiradi;

Vakolatxona O‘zbekiston Respublikasining XXRdagi xorijiy tashkilotlariga respublikaga investitsiyalarni, asosan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni, moliyaviy-texnik ko‘mak mablag‘larini va mahalliy ishlab chiqaruvchilar tovarlari eksportini rag‘batlantirishda, shuningdek, turistlar oqimini jalb qilish masalalarida har tomonlama ko‘maklashadi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top