09:57 / 27.12.2019
0
3769

Maktabgacha ta'lim qamrovi 52 foizga yetdi

Joriy yil yakuniga qadar respublika bo‘yicha maktabgacha ta'lim qamrovi 52 foizga ko‘tarildi. Bu haqida Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma'lumot berildi.

Vazirlik mutasaddilarining ma'lumot berishicha, mazkur ko‘rsatkich 2020 yilda 59,5 foizga yetkazilishi rejalashtirilgan.

Bolalar qamrovini oshirish, asosan, maktabgacha ta'limning muqobil shakllarini joriy etish orqali amalga oshirilgan. Bu MTTlarda o‘rin yetishmasligi muammosini tez, ortiqcha chiqimlarsiz hal qilishga ko‘mak bergan.

Avtobuslar asosidagi mobil, dengiz konteynerlari asosidagi modul shakldagi to‘liq kunli bo‘lmagan MTTlarning muqobil shakllarini joriy etish orqali qamrov foizi amalga oshirilmoqda.

Bundan tashqari, 2019 yilda Toshkent shahri (90,2 foiz) va Navoiy viloyati (61,7 foiz) maktabgacha ta'lim qamrovi bo‘yicha yetakchi ko‘rsatkichlarni qayd etishgan.

Surxondaryo va (35 foiz), Qashqadaryoda (38,7 foiz) esa  ko‘rsatkichlar nisbatan past bo‘lsa-da, mazkur viloyatlarda ham o‘sish foizi ancha yuqori bo‘lgan. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top