12:18 / 27.12.2019
0
8614

O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida chegara masalasi bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi

Foto: TIV axborot xizmati

2019 yilning 21-27 dekabr kunlari Qarshi shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Turkmaniston o‘rtasidagi Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston-Turkmaniston hukumatlararo qo‘shma komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

TIV xabariga ko‘ra, uchrashuvda ikki mamlakat ishchi guruhlari tomonidan 2019 yilda bajarilgan ishlar sarhisob qilindi hamda 2020 yilgi uchrashuvlar Reja-jadvali kelishildi.

Bundan tashqari, chegara masalalari bo‘yicha O‘zbekiston-Turkmaniston hukumatlararo qo‘shma komissiyaning bo‘lajak yig‘ilishida tasdiqlash uchun qator hujjatlar tayyorlandi.

Muzokaralar yakunida delegatsiyalar rahbarlari To‘lqin Abdullayev va Mamed Mamedov tegishli Bayonnomani imzoladilar.

Uchrashuv konstruktiv va an'anaviy do‘stona muhitda o‘tdi, deyiladi xabarda.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top