12:11 / 27.12.2019
0
15829
Qo‘qonda ichida 20 nafar yo‘lovchi bo‘lgan avtobus ag‘darildi
Foto: Tergov departamenti

2019 yil 27 dekabr kuni soat taxminan 8:30da Qo‘qon shahridagi Movarounnahr va Istiqlol ko‘chalari kesishmasida ichida 20 ga yaqin yo‘lovchi bo‘lgan ISUZU rusumli avtobus “Gaz 52” rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘qnashgan va natijada avtobus yonboshiga ag‘darilgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra avtobus ichida 20 nafar yo‘lovchi bo‘lgan, ulardan 10 nafari tibbiy yordam olish uchun murojaat qilgan, qurbonlar yo‘q.

Hodisa sodir bo‘lgan joyda tergov-tezkor guruhi ishlamoqda, yo‘l-transport hodisasi sabablari aniqlanmoqda. 

Holat yuzasidan qo‘shimcha ma'lumot beriladi, deyiladi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabarida. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top