19:00 / 27.12.2019
1
53215

Shomurodov Ahmedovni ortda qoldirdi. O‘zbekistonning eng qimmatbaho 10 futbolchisi e'lon qilindi

Foto: Tribuna.uz

Transfermarkt portali 2019 yil yakunlariga ko‘ra, aksariyat futbolchilarning yangi transfer baholarini e'lon qildi.

 Unga ko‘ra, Eldor Shomurodov 6,5 million yevro narx bilan nafaqat «Rostov» klubi, O‘zbekiston milliy jamoasining ham eng qimmatbaho futbolchisiga aylanib oldi.

 Eldorning transfer narxi o‘sishi dinamikasiga e'tibor qaratsak, 2019 yilning fevral oyi holati bo‘yicha uning bahosi 1 million yevroni tashkil etgan bo‘lsa, 14 iyun kuni bu narx 1,5 million yevroga, 10 sentabr kuni esa 2,5 million yevroga oshgandi. E'lon qilingan yangi narxga ko‘ra, Eldor Shomurodovning transfer bahosi 6,5 million yevro deb ko‘rsatilgan. Natijada 24 yoshli forvard bu borada O‘zbekiston milliy jamoasining eng qimmat futbolchisi bo‘lib turgan Odil Ahmedovni (2,5 mln) ortda qoldirdi.

 Ma'lumot uchun, Server Jeparovdan keyin Odil Ahmedov 2012 yildan buyon, 7 yil davomida O‘zbekistonning eng qimmatbaho futbolchisi bo‘lib turgandi. «Transfermarkt»ga ko‘ra, Xitoynning «Shanxay SIPG» klubi 32 yoshli yarimhimoyachisining transfer bahosi 2018 yil yakunida 6 milliondan 4,5 million yevroga pastlagan bo‘lsa, 2019 yilning 27 dekabr holatiga ko‘ra esa, baho yana 2 millionga pasayib, 2,5 mln yevroni tashkil etdi.

 2019 yil yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston milliy jamoasining quyidagi o‘yinchilari «Transfermarket» tomonidan mamlakatimizning eng qimmatbaho futbolchilari reytingining top-10ligidan o‘rin olgan.

 O‘zbekiston milliy jamoasining eng qimmatbaho 10 futbolchisi:

 1. Eldor Shomurodov


 Klubi: «Rostov»
 Tug‘ilgan joyi: Surxondaryo
 Transfer bahosi: 6,5 million yevro
 2019 yilda: bahosi 5,5 millionga o‘sdi
 Yoshi: 24

 2. Odil Ahmedov


 Klubi: «Shanxay SIPG» (Xitoy)
 Tug‘ilgan joyi: Namangan
 Transfer bahosi: 2,5 million yevro
 2019 yilda: bahosi 2 million yevroga pasaydi
 Yoshi: 32

 3. Otabek Shukurov

Kartinki po zaprosu Otabek Shukurov tribuna.uz
 Klubi: «Sharja» (BAA)
 Tug‘ilgan joyi: Qashqadaryo
 Transfer bahosi: 2 million yevro
 2019 yilda: bahosi 750 ming yevroga o‘sdi
 Yoshi: 23

 4. Jaloliddin Masharipov


 Klubi: «Paxtakor»
Tug‘ilgan joyi: Xorazm
Transfer bahosi: 1,8 million yevro
2019 yilda: bahosi 400 ming yevroga o‘sdi
Yoshi: 26 

5. Igor Sergeyev


Klubi: «Paxtakor»
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Transfer bahosi: 1,6 million yevro
 2019 yilda: bahosi 100 ming yevro o‘sdi
 Yoshi: 26

 6. Temurxo‘ja Abduxoliqov

Kartinki po zaprosu Temurxo‘ja Abduxoliqov kun.uz
 Klubi: «Xor-Fakkan» (BAA)
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
 Transfer bahosi: 1,2 million yevro
 2019 yilda: bahosi 300 ming yevroga pasaydi
 Yoshi: 28

7. Aziz G‘aniyev

Image
 Klubi: «Nasaf»
 Tug‘ilgan joyi: Jizzax
 Transfer bahosi: 1,1 million yevro
 2019 yilda: bahosi 100 ming yevroga o‘sdi
 Yoshi: 21

 8. Islom To‘xtaxo‘jayev


 Klubi: «Lokomotiv»
Tug‘ilgan joyi: Farg‘ona
 Transfer bahosi: 1 million yevro
 2019 yilda: bahosi 200 ming yevroga o‘sdi
 Yoshi: 30

 9. Farrux Sayfiyev
 Klubi:
 «Paxtakor»
Tug‘ilgan joyi: Samarqand
 Transfer bahosi: 900 ming yevro
 2019 yilda: bahosi 300 ming yevroga o‘sdi
 Yoshi: 28

10. Dostonbek Hamdamov


 Klubi: «Paxtakor»
Tug‘ilgan joyi: Bekobod
 Transfer bahosi: 900 ming yevro
 2019 yilda: bahosi 100 ming yevroga o‘sdi
 Yoshi: 23

Usmon Ibodov tayyorladi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top