23:52 / 27.12.2019
0
8012

Zlatan Ibrahimovich «Milan»ga qaytdi

«Los-Anjyeles Gelaksi»ning sobiq hujumchisi Zlatan Ibrahimovich faoliyatini «Milan»da davom ettiradi.

38 yoshli futbolchi «rossoneri» bilan 6 oylik shartnomani imzoladi. Uni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati ham bor. Zlatan «Milan»da 11-raqam ostida to‘p tepadigan bo‘ldi.

Avvalroq uning yarim yillik maoshi 3 mln yevro bo‘lishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Ibrahimovich 2010-2012 yillar davomida «Milan» sharafini himoya qilgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top