18:34 / 28.12.2019
1
5031

Bloomberg banklarda xodimlarning qisqartirilishi rekord darajaga yetganini xabar berdi

Foto: Bloomberg

Bu yil 80 mingga yaqin xodim qisqartirildi. Ishdan bo‘shatishlarning aksariyati (82 foiz) Yevropada sodir bo‘lgan. So‘nggi olti yil ichida bu ko‘rsatkich 425 ming kishidan oshdi.

2019 yilda dunyoning 50 dan ortiq banki 77,8 mingta ish joylari qisqartirilishini e'lon qildi, bu so‘nggi to‘rt yil ichida eng yuqori ko‘rsatkich - 2015 yilda bank sohasida 91,5 mingdan ortiq xodimlarning qisqartirilishi qayd etildi. Bu haqda Bloomberg banklar va kasaba uyushmalar ma'lumotlariga asoslanib yozmoqda.

Bu yil qisqartirishlarning 82 foizi (63,6 ming kishi) Yevropa banklariga, yana 10 foizi Shimoliy Amerikaga (7,7 ming kishi) to‘g‘ri keldi, Lotin Amerikasida 3,5 ming xodim (4,5 foiz) ishdan bo‘shatildi.

Germaniyaning ikkita banki, Italiya, Ispaniya va Britaniyaning bittadan banki qisqartirishlar bo‘yicha kuchli beshlikka kirdi. Mutlaq yetakchiga 18 ming ish joyi qisqartirilganini e'lon qilgan Deutsche Bank aylandi. Undan keyin UniCredit (8 ming), Santander (5,4 ming), Commerzbank (4,3 ming) va HSBC (4 ming) joylashdi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top