21:25 / 28.12.2019
0
9655

Pompeo kutilmaganda Iroqqa tashrif buyurdi

AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo Iroqqa e'lon qilinmagan tashrif bilan keldi. Bu haqda Mavasin news axborot portali xabar berdi.

Nashrning xabariga ko‘ra, AQSh tashqi siyosat mahkamasi rahbari Anbar viloyatidagi Amerika qo‘shinlari joylashgan Ayn-al-Asad aviabazasiga kelgan.

Tashrif haqida boshqa ma'lumotlar keltirilmagan.

Avvalroq Maykl Pompeoning 2020 yil boshida Qozog‘iston va O‘zbekistonga tashrif buyurishi haqida xabar berilgandi

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top