16:04 / 28.12.2019
1
16266

«Qamchiq» dovonida qor yog‘ishi kutilmoqda

Foto: FVV matbuot xizmati

2019 yil 29-30 dekabr kunlari A-373 «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni qismida vaqti-vaqti bilan qor yog‘ishi kutilmoqda.

FVV xabariga ko‘ra, dovonda tuman tushib, ko‘rinuvchanlik 50 -100 metrgacha pasayishi, shamol tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, yo‘lda qor uyumlari, muzlamalar hosil bo‘lishi kutilmoqda.

Shu munosabat bilan, yo‘l transport hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, dovon hududida harakatlanishdan oldin xavfsizlik qoidalariga e'tibor qaratish so‘ralgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top