17:26 / 28.12.2019
0
20031
Ronaldu qachon faoliyatini yakunlashini aytdi
Foto: Getty Images

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu 35 yoshga yaqinlashgan bo‘lsa-da, yaqin orada faoliyatini yakunlamoqchi emas.

«Umrimda hech qachon yomon mavsumni o‘tkazmaganman, chunki qiyinchiliklarga doim tayyorman.

Men faqat g‘alaba qozonish uchun o‘ynayman. Agar tanam jismoniy yuklamalarni to‘g‘ri qabul qilolmay qolsa, faoliyatimni yakunlayman. 

Avval futbolchilar 30-32 yoshida futboldan ketishardi, hozir esa 40 yoshli futbolchilarni ham ko‘rish mumkin», - dedi Ronaldu.

Bu mavsumda futbolchi «Yuventus» tarkibida barcha musobaqalarda 21ta o‘yinda maydonga tushib, 12ta gol urgan va 2ta golga hammualliflik qilgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top