07:48 / 28.12.2019
0
12567

TIV Lavrovning O‘zbekistonga tashrifi to‘g‘risida rasmiy ma'lumot berdi

Foto: RIA Novosti

Tashqi ishlar vazirligi Rossiya tashqi ishlar vazirining O‘zbekistonga tashrifi to‘g‘risida rasmiy ma'lumot berdi.

2020 yilning 12-13 yanvar kunlari Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi.

Rossiya TIV rahbari O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinishi kutilmoqda.

Tashrif dasturida O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish va Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining (universitet) Toshkent shahridagi filialiga borish ko‘zda tutilgan.

Bo‘lajak muzokaralarda ikki tomonlama siyosiy, iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikning qator masalalari muhokama qilinadi. Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2020-2021 yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik dasturini imzolash ham rejalashtirilmoqda.

Bundan oldin, Sergey Lavrov O‘zbekistonga kelayotgani, u Shavkat Mirziyoyev va Abdulaziz Komilov bilan muzokaralar o‘tkazishi xabar qilingandi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top