01:22 / 29.12.2019
1
40103
Moskvaga sun'iy qor olib kelindi
Foto: Zaryade

Moskvadagi «Zaryade»  bog‘i o‘z mehmonlari uchun sovg‘a tayyorladi – bu yerga sun'iy qor olib kelindi, deb xabar berdi bog‘ matbuot xizmati. Bog‘ ichiga kiraverishga sun'iy qordan tepaliklar hosil qilindi va archalar o‘rnatildi.

Xabar qilinishicha, bu yerda 12 yanvarga qadar «Snegosad» (Qorli bog‘) yarmarkasi bo‘lib o‘tadi.

Tashrif buyuruvchilar bayram taomlaridan totib ko‘rishlari, suvenir va sovg‘alar sotib olishlari mumkin bo‘ladi.

"Meteovesti"ning xabar qilishicha, 2019 yilning dekabri Moskva ob-havo tarixida eng iliq dekabr bo‘ldi.

Qayd etilishicha, bu yil dekabrda havo harorati 2006 yildagi rekorddan o‘tdi va harorat +1,3 darajani tashkil etdi. Shuningdek, o‘rtacha yog‘ingarchilikning atigi yarmi qayd etildi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top