12:37 / 29.12.2019
0
15619

Ronaldu Jokovichga balandroq sakrashni o‘rgatdi (video)

Foto: AFP/Getty Images

Serbiyalik tennischi Novak Jokovich Dubayda “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan birgalikda mashg‘ulot o‘tkazdi.

“Jokovichni sakrashga o‘rgatmoqdaman. Sen bilan ko‘rishib, birgalikda mashq qilishdan xursandman, do‘stim”, deb yozgan Ronaldu va mashg‘ulotdan videoni e'lon qilgan. 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Teaching @djokernole how to jump!!😅🤪💪🏽 Was a pleasure to see you and train with you my friend!!

A post shared by Cristiano Ronaldo (@cristiano) on

Ikki sportchining birgalikdagi mashg‘uloti vaqtida sakrash mashqiga bejizga urg‘u berilmagan: Ronaldu dekabrda “Sampdoriya”ga qarshi uchrashuvda raqib jamoa darvozasiga yerdan 71 santimetr balandroq sakrab, boshi bilan gol urgandi.     

Ronaldu uchun bunday mashqlar yangilik hisoblanmaydi – u 10 yil avval “Manchester Yunayted” mashg‘ulotiga tashrif buyurgan yamaykalik sprinter, 8 karra Olimpiya chempioni Useyn Boltdan yugurish texnikasini yaxshilash bo‘yicha bir nechta maslahat olgan edi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top