15:50 / 01.01.2020
8111
EPSILON: Yangi yilning ilk kuni Talimarjon-5 va 11-sonli quduqlaridan umumiy debiti 750 ming kub.m bo‘lgan gaz olindi
Foto: EPSILON

Talimarjon-5 qudug‘ida o‘tkazilgan multi-GRP amaliyoti tufayli undan 400 ming kub.m gaz olinishiga muvaffaq bo‘lindi.

Mutaxassislarning hulosasiga muvofiq, mukammallashtirilgan qatlamni gidravlik yorish texnologiyasi o‘xshash geologik sharoitlarda quduqlarni an'anaviy gorizontal burg‘ilash usulidan ko‘ra 40%ga samaraliroqdir.

Samaradorligi yuqori bo‘lgan mahsuldor qatlamni radial yorish usuli qo‘llanilishi natijasida, kuni kecha Talimarjon-11 qudug‘idan olingan gazning dastlabki kunlik debit ko‘rsatkichi 250 ming kub.m bo‘lgan bo‘lsa, u o‘sishda davom etib, bugungi kunda mazkur ko‘rsatkich 350 ming kub.m ni tashkil etdi. Ayni paytda quduqda olib borilayotgan aeratsiya ishlari esa debit ko‘rsatkichining yanada oshishiga olib keladi.

Zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqarishga amalda tatbiq etilishi kompaniya tomonidan kundalik qazib chiqarilayotgan gaz hajmini ko‘paytirish imkonini bermoqda.

Qazib olinayotgan gaz hajmining bari qish mavsumida aholining ehtiyojini qoplash uchun yo‘naltirilmoqda.

EPSILON kompaniyasi Matbuot xizmati

Top