21:27 / 01.01.2020
0
7560

Namoyishchilar AQShning Bag‘doddagi elchixonasi joylashgan hududni tark etishdi

Foto: REUTERS / Thaier al-Sudani

AQShning Bag‘doddagi elchixonasini qamal qilgan namoyishchilar diplomatik missiya joylashgan hududni tark etishdi, deb xabar berdi Alsumaria telekanali.

Avvalroq "Al-Xashd ash-Shaabi" qurolli guruhi qo‘mondonligi o‘z tarafdorlarini elchixona joylashgan hududni tark etishga chaqirgandi.

Telekanalning ma'lumot berishicha, Iroq ichki ishlar vaziri Yosin Al-Yosiriy namoyishchilarning elchixona atrofini tark etayotganiga ishonch hosil qilish uchun u yerga kelgan.

31 dekabrda Iroqda namoyishchilar AQShning Bag‘doddagi elchixonasiga bostirib kirishgandi. Vashington ushbu hujumda Eronni ayblagan, biroq Tehron buni rad etmoqda. Hujumdan keyin Iroqdagi elchixonani qo‘riqlovchi harbiylarga ko‘mak sifatida Kuvaytdan 100 askar tashlangan.   

AQSh elchixonasi oldidagi norozilik namoyishlari “Kattaib Hizbulloh” shia guruhining AQShning uchuvchisiz parvoz qurilmalari zarbalari vaqtida halok bo‘lgan a'zolari dafn etilgandan keyin boshlangan.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top