16:00 / 01.01.2020
2
9818

Naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risidagi nizom loyihasi muhokamaga qo‘yildi

«O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi hujjat loyihasi muhokama uchun e'lon qilindi.

Markaziy bank Boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadigan hujjatga asosan, regulyatorning avvalgi nizomlarga oid o‘nga yaqin qarorlari o‘z kuchini yo‘qotadi.

Yangi tahrirdagi nizom Fuqarolik kodeksi, «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi, «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi, «To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida»gi, «Xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida»gi hamda «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi qonunlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida to‘lov hujjatlaridan foydalangan holda naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibini belgilaydi.

Loyiha muhokamasi 18 yanvarga qadar davom etadi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top