14:41 / 01.01.2020
0
13356

Tramp Eron bilan urush qilmoqchimasligini aytdi

Foto: REUTERS/Tom Brenner

AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan qurolli nizoga kirishishni istamasligini aytdi.

"Buni istaymanmi? Yo‘q. Men tinchlik bo‘lishini istayman. Men tinchlikni sevaman. Eron hamma narsadan ham ko‘proq tinchlik sari intilishi kerak. To‘qnashuv bo‘ladi deb o‘ylamayman. Bu Eron uchun yaxshi g‘oya emas deb o‘ylayman. Eron buni istaydi deb o‘ylamayman", - dedi u jurnalistlar bilan uchrashuvda.

31 dekabr kuni Bag‘doddagi AQSh elchixonasi binosi yaqinida yuzlab namoyishchilar Amerikaning Iroqdagi diplomatik missiyasi yopilishini va mamlakatdan AQSh qo‘shinlari olib chiqib ketilishini talab qilishdi.

Donald Tramp ushbu tartibsizliklar ortida Eron turgani haqida bayonot berdi.

Keyinroq esa iroqliklarni Eronga qarshi qo‘zg‘alishga chaqirdi. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top