22:16 / 02.01.2020
0
14309

Menni Pakyao to‘rtta o‘n yillikda chempion bo‘lgan birinchi bokschi bo‘ldi

Filippinlik bokschi Menni Pakyao to‘rtta turli o‘n yillikda, ya'ni 1990-, 2000-, 2010- va 2020-yillarda jahon chempioni unvoniga ega bo‘lgan tarixdagi birinchi bokschiga aylandi. 

Menni Pakyao 2020 yilni yarim o‘rta vaznda WBA (Super) kamari sohibi maqomida qarshiladi. 41 yoshli sportchi ushbu unvonni 21 iyulda amerikalik Kit Turmanga qarshi jangda g‘olib bo‘lgandan keyin qo‘lga kiritgandi.

Filippinlik superbokschi birinchi chempionlik unvonini 1998 yil dekabrda 19 yoshida qo‘lga kiritgan. 2010 yilda esa 8 ta vazn toifasida chempionlik kamarlarini qo‘lga kiritgan birinchi bokschiga aylangan. U hanuzgacha bu natijaga erishgan yagona bokschi bo‘lib qolmoqda.

Umuman olganda, Pakyao professional ringdagi faoliyatini 1995 yil yanvarda boshlagan. Hozirda uning hisobida 71 ta jangdan 62 ta g‘alaba bor. Afsonaviy bokschi navbatdagi jangini bahorda o‘tkazishi rejalashtirilgan.  

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top