09:42 / 02.01.2020
0
11278
Niderlandiya «Gollandiya» nomidan rasman voz kechdi
Foto: Svetlana Kutman

2020 yil 1 yanvardan Niderlandiya davlatini belgilashda “Gollandiya” so‘zini qo‘llashdan rasman voz kechildi. Bu haqda NOS radiostansiyasi xabar berdi. 

Endilikda mahalliy oliy ta'lim muassasalari, xususiy kompaniyalar va matbuot faqatgina “Niderlandiya” so‘zini qo‘llashi kerak bo‘ladi. Hukumatning fikricha, bunday chora mamlakatning giyohvand moddalar va fohishabozlik makoni sifatidagi qiyofasidan xalos bo‘lishga hamda mamlakat bo‘ylab turistik oqimning tekis taqsimlanishiga imkon beradi. Chunki bugungi kunda aksariyat sayyohlar aynan tarixiy Gollandiya - Amsterdam, Xarlem va Gaaga shaharlariga tashrif buyurishadi va ushbu shaharlar bunday katta oqimni eplay olmayapti.

Ta'kidlanishicha, mamlakat nomi bilan bog‘liq islohot qirollik budjetiga 200 ming yevroga aylanadi. 

Niderlandiyada Shimoliy va Janubiy Gollandiya provinsiyalari bor bo‘lib, tarixiy manbalarga ko‘ra, mamlakatni Gollandiya deb yanglish atashni rus imperatori Pyotr I u yerga borib kelgandan keyin boshlagan. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top